5 617
“UTair” aviakompaniyasining mas’uliyatsizligi sabab o‘zbekistonliklar Moskvaga uchib keta olmadi
17 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘zbekistonlik norozi yo‘lovchilar tomonidan tasvirga olingan video tarqaldi. Videoda aytilishicha, Moskva shahriga jo‘nab ketishlari kerak bo‘lgan yo‘lovchilar samolyotga chiqarilmagan.
Rossiyaning “UTair” aviakompaniyasiga tegishli bo‘lgan reys yo‘lovchilarining ko‘p qismi Moskvaga uchib keta olmagan.
Taxminlarga ko‘ra, bunga ortiqcha chipta sotilgani sabab bo‘lgan. Yo‘lovchilar soni ko‘p bo‘lganligi uchun ularning bir qismi reysdan qoldirilib, boshqa kunga parvoz qilish uchun chiptasi almashtirilgan. Yo‘lovchilar kompensasiya to‘lanmaganligidan norozi bo‘lmoqda.
Yana bir taxminga ko‘ra, ma’lum sabablar asosida “UTair” aviakompaniyasining borti kichik bo‘lgan samolyoti parvoz uchun tayyorlangan, natijada yo‘lovchilar sig‘may qolishgan.
Videoda qayd etilishicha, yosh bolasi bor ayollar ham reysdan qoldirilgan, ular boshqa kuni parvoz qiladi. O‘nlab yo‘lovchilarning bunday sarson bo‘lishi eng avvalo, ularning ruhiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Bunda kompaniya obro‘si ham zarar ko‘rishi tabiiy.
17 avgustda ro‘y bergan voqeadan so‘ng, “UTair” aviakompaniyasi 18 avgust kuni rasmiy sayti orqali Toshkentga parvoz reysiga aloqador xabarni chop etdi.
Moskva shahridan Toshkent va Dushanbega uchadigan parvozlarda “Boeing-737” samolyotlaridan foydalaniladi. Bu samolyotlar kam sig‘imli bo‘lgani uchun aviakompaniya yo‘lovchilarning bir qismini keyingi parvozga qoldirganligi haqida ogohlantirdi.
Reyslar orasidagi kutish vaqtida yo‘lovchilarga mehmonxonada yashash uchun sharoit yaratiladi, issiq ovqat taqdim etiladi. Aviakompaniya ko‘p sonli yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish uchun yaqin orada qo‘shimcha reyslarni yo‘lga qo‘yishi kutilmoqda.
Shu o‘rinda bir mulohaza o‘ylantirishi tabiiy. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, “UTair” aviakompaniyasi 18 avgust kuni yo‘lovchilar uchun ogohlantirish xabari bergan. Aeroportda yo‘lovchilar bilan bog‘liq noxush voqea esa bundan bir kun avval, ya’ni 17 avgustda sodir bo‘lgan. Videodagi lavha kompaniyaning mas’uliyatsizligi sabab o‘nlab yo‘lovchilar sarson bo‘lganligidan dalolat berib turibdi. Odatda, ogohlantirish oldindan berilishini hammamiz bilamiz. Bu borada esa Rossiya aviakompaniyasi negadir ishini puxta bajarmaganini ko‘rish mumkin.
Istaymizmi yo‘qmi, beixtiyor kompaniyani mahalliy kompaniya bilan solishtirish holati yuz beradi. “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi bugungi kunda yo‘lovchilar xavfsizligi va ularning qulay parvozi talabini bosh maqsad qilib qo‘yganligini ko‘pchilik e’tirof etadi. Haqiqatan ham, Milliy aviakompaniya xizmatidan foydalangan yo‘lovchilar sifat darajasini har jihatdan yuqori baholaydi. Yuqoridagi kabi favqulodda holatlarda esa “O‘zbekiston havo yo‘llari” avvaldan ogohlantirish taqdim etadi. Ta’kidlaganimizdek, yo‘lovchilar manfaati kompaniya uchun birinchi o‘rinda turadi.
Manba: Qalampir.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi