09:02 / 19.08.2017
11 716

G‘aroyib hodisalar izidan: o‘lib, qayta tug‘ilganlar…

G‘aroyib hodisalar izidan: o‘lib, qayta tug‘ilganlar…
Odamzotning qayta tug‘ilishi haqida ilgari matbuotda ko‘plab maqolalar berilganiga, olimlar tomonidan bir necha o‘nlab marotaba ilmiy izlanishlar olib borilganiga qaramay, baribir bizning zamonamizda turli bahs-munozaralar davom etmoqda. Olimlar qayta-qayta inson o‘limidan so‘ng qaytadan tug‘ilishi mumkinligini isbotlashga urinishmoqda. Mana, yana bir misolga nazar tashlang.

Arabistonda istiqomat qiluvchi Diana ismli etti yashar qiz kunlarning birida uyqu orasida yahudiylar tilida gapira boshladi. Vaholanki, u yashayotgan qishloqda yahudiy millatiga mansub odamlar yo‘q edi. Qolaversa, qizaloq hech qachon qishlog‘idan tashqariga chiqmagan. Xo‘sh, u qanday qilib begona tilda gapirdi?..

Ma’lum bo‘lishicha, qizaloq qiziquvchilarga so‘zlab bergan. Aytishiga qaraganda, uning ismi Yael bin Yair bo‘lib, ota-onasi bilan Tel-Avivda yashagan va uch yil oldin avtohalokatga uchrab halok bo‘lgan.
Qizaloqning hozirgi ota-onasi polisiya xodimlaridan shu voqeaga oydinlik kiritishlarini so‘rab murojaat etishdi. Arxiv materiallar tekshira boshlandi. Qarangki, haqiqatan uch yil avval qizaloq ota-onasi bilan birga ketayotib avtohalokatga uchragan va olamdan ko‘z yumgan. Hammasi to‘g‘ri keldi. Diana shundan so‘ng ota-onasidan yahudiy odatiga ko‘ra shanba kunlari sham yoqib ruhlarni shod etishlarini so‘radi…

O‘n yoshga etgandan so‘ng esa u o‘tmish hayotini qidirib topish maqsadida yo‘lga otlandi. U Tel-Avivga bordi. O‘zi yashagan ko‘chani, uyni sira qiynalmasdan topdi. Ammo bu erda endi butkul boshqa odamlar istiqomat qilishardi. Ular qizchaga o‘zi istagan ma’lumotlarni bera olishmadi. Shunga qaramay, qizaloqning hayoti butun dunyoga ovoza bo‘lib, u bilan ko‘plab olimlar qiziqa boshlashdi. Bu voqeadan hayajonga tushgan Kaliforniya universiteti professori Jon Stivenson psixologiya fakulteti olimlari bilan birgalikda 1500 dan ortiq shunga o‘xshash materiallar to‘plashga erishdi. Isroilda esa aynan shu ish bilan shug‘ullanuvchi doktor Osama Husayn yashar ekan.

Uning ta’kildashlariga ko‘ra, bolalar gipnoz ta’sirida o‘zlarining o‘tmish hayoti haqida beixtiyor gapira boshlasharkan. Ayniqsa, Druzlar (11 asrlarda Liviya va Suriyada yashagan qullar) haqida shunday ma’lumotlar ko‘p topilgan. Druzlarning dini juda maxfiy bo‘lib, bu dinning ichiga kirib borish har kimga ham nasib etavermasligi haqida doktor Osama ko‘plab misollar keltirib o‘tdi. Druzlar kimda kim ularning maxfiy sirlaridan ogoh bo‘lishga intilsa, albatta halok bo‘ladi deya hisoblashadi.

Mana shunga bir misol. Osafiya degan qishloqda to‘rt yashar Xeni Saif ismli bolakay yashagan. Kunlarning birida uni ota-onasi to‘yga olib borishdi. To‘yga Deyr Xad degan qishloqdan ko‘plab mehmonlar tashrif buyurishgandi. Shunda Xeni u erdagi begona odamlarga tashlanib, barchalarini o‘z ismlari bilan atay boshladi. Bu rostdan ham ishonib bo‘lmaydigan holat edi.

— Oyi, ona, — deya baqirdi u. — Deyr Xad mening qishlog‘im. Iltimos, menikiga boraylik! Sizlarga o‘zim yashagan uyni ko‘rsataman!..
Ota-ona bolakayning iltimosini rad eta olishmadi. Xeni qishloqqa keliboq sira qiynalmasdan o‘z uyini topdi. Ichkariga kirib uy egalarining birini dada, birini oyi deya atay boshladi.

— Men sizlarning o‘g‘lingizman! — deya qichqirdi u uy egalariga. — Taniyapsizlarmi meni?.. Besh yil oldin men olamdan o‘tgandim-ku!..
Surishtirib ko‘rishlar shuni ko‘rsatdiki, shu oilada rostdan besh yil oldin bolakay olamdan o‘tgan ekan.
— Mana mening kiyimlarim! — hayqirdi Xeni. — Endi men sizlar bilan birga yashayman! Bu mening uyim!

Ota-onalar o‘zaro kelishib olishdi. Endi Xeni haftaning besh kunida hozirgi ota-onasi, dam olish kunlari esa Deyr Xaddagi o‘z uyida yashaydigan bo‘ldi. Lekin Xeni voyaga etgach, asosiy vaqtini faqat Deyr Xad qishlog‘ida o‘tkazishni istarkan.

Nima ham derdik. Yuqorida tilga olib o‘tilgan hodisalar hayotdan olingan. Bularga qarshi bir gap aytishga-da ojizmiz. Bu holatlarni ahmoqlikka, aqlsizlikka yo‘yishga ham haqqimiz yo‘q. Shunday ekan, hammasini Yaratganning hukmiga havola etishdan bo‘lak chora yo‘q.


Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » G‘aroyib hodisalar izidan: o‘lib, qayta tug‘ilganlar…