09:42 / 21.08.2017
6 178

Kollej va liseylarning test sinovlari natijalari e’lon qilindi

Kollej va liseylarning test sinovlari natijalari e’lon qilindi
2017 yilning 15 avgust kuni o‘tkazilgan o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalariga saralash test sinovlarining natijalarini hisoblash ishlari yakuniga etdi. Bu haqda Davlat test markazi axborot xizmati xabar bermoqda.

Abiturientlar 2017 yil 20 avgust kuni saralash test sinovida to‘plagan ballarini qabul komissiyalarining e’lonlar taxtalarida joylashtirilgan saralash test sinovi natijalari qaydnomalaridan bilib olishlari mumkin.

Saralash test sinovi natijasini mobil telefoni orqali bilib olish tizimi ham yo‘lga qo‘yilgan. Buning uchun mobil telefonlari orqali javoblar varaqangiz raqamini 5100 raqamiga SMS ko‘rinishida jo‘nating va to‘plagan umumiy ballaringizni, o‘quvchilikka tavsiya etilganingiz yoki tavsiya etilmaganliginigizni bilib oling.

Saralash test sinovi natijasini Davlat test markazining rasmiy veb sayti orqali bilish xizmati ham yo‘lga qo‘yildi. Buning uchun Test natijalari bo‘limiga kirib “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida o‘tkazilgan saralash test sinovlari natijalari” sahifasining tegishli katakchasiga abiturient o‘ziga tegishli javoblar varaqasi raqamini kiritishi lozim.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)