8 112
Qashqadaryo hokimi: Viloyatda 21—22 ming so‘mdan go‘sht bor, o‘rtacha narx 24—26 ming so‘m atrofida (video)
Qashqadaryo viloyati hokimi, senator Zafar Ro‘ziev Xalqaro press-klubning «Tet-a-tet» loyihasi XPK raisi Sherzodxon Qudratxo‘jaevning savollariga javob qaytardi.
Suhbat davomida go‘sht narxi mavzusiga ham alohida to‘xtalib o‘tildi. Daryo.uz da berilishicha, Zafar Ro‘ziev bu yo‘nalishda viloyatda tizimli ish olib borilayotgani, xususan, haftaning seshanba va juma kunlari qassoblar bilan ishlash kuni deb belgilanganini ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda Qarshi shahridagi to‘rtta nuqtada, shuningdek, viloyatning barcha tumanlari markazlarida 21—22 ming so‘mdan go‘sht sotib olish mumkin. Umuman, viloyat bo‘yicha go‘shtning o‘rtacha narxi 24—26 ming so‘mni tashkil etmoqda.
Hokimlik bilan hamkorlikda olib borilayotgan ishlardan aksariyat qassoblar rozi. «O‘zini bilmagan, o‘zligini unutgan qassoblar ham yo‘q emas. Bunday qassoblarni o‘z hamkasblari orasida uyaltirish prinsipi asosida ish olib boryapmiz», — dedi Qashqadaryo viloyati hokimi.
Avvalroq Xalqaro press-klubda chiqish qilgan Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoyev viloyatda yil oxirigacha go‘sht narxi 25 ming so‘mdan oshmasligini ma’lum qilgan edi.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)