
Hindiston Oliy sudi aholi tomonidan qator noroziliklar kelib chiqqach, taloq so‘zidan foydalanishni vaqtinchalik taqiqladi, deb xabar bermoqda Kun.uz nashri.
«Bu juda nozik masala. Biz Hindiston hukumatiga ushbu masalada tegishli qonun loyihasini ishlab chiqish haqida o‘ylab ko‘rish borasida murojaat yubormoqdamiz», - degan Oliy sud raisi Jagdish Singx Xexar.
Sud qonunni olti oyga to‘sib qo‘ydi. U musulmonlar erkaklarga rafiqasiga «taloq» so‘zini uch bora aytish yoki yozish orqali ajrashish imkonini beradi.
Hindistonda yashovchi musulmon ayollarning ma’lum qilishicha, erkaklar bu huquqni ko‘p paytlarda suiiste’mol qiladi va Skype hamda WhatsApp orqali yuborilgan xabarlarda ham «taloq» so‘zini ishlatgan holda ajrashishadi.
Taloq – islomda ajrashish jarayoni bo‘lib, bunday huquqqa erkak kishi egadir. Ayol kishi esa ajrashish haqida shariat qozisiga murojaat qilishi mumkin. Erkak voyaga etgan, aqli joyida va o‘z xohishiga ko‘ra ajrashishi lozim. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar