14:03 / 22.08.2017
6 888

Toshkentda sovuq suv vaqtincha o‘chiriladi

Toshkentda sovuq suv vaqtincha o‘chiriladi
Toshkent shahrining ayrim hududlarida temiryo‘l vokzali hududida ko‘prik qurilayotgani munosabati bilan ichimlik suvi vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda “Suvsoz” DUK xabar berdi.

“Suvsoz” davlat unitar korxonasi Farg‘ona yo‘li ko‘chasini Toshkent kichik xalqa yo‘li bilan tutashgan joyida ko‘prik qurilishi sababli, ichimlik suvi tarmog‘ini qayta qurish va ulash ishlarini olib boradi. Shu sababli 22 avgust kuni soat 24:00 dan, 23 avgust kuni soat 05:00 gacha ichimlik suvi ta’minoti to‘xtalishi yoki suv bosimi pasayishi kuzatilishi haqida aholi ogohlantirilgan.

Ichimlik suvi ta’minoti to‘xtatiladigan va suv bosimi pasayadigan hududlar ro‘yxati:

Mirobod tumani bo‘yicha:
- Salar mahallasi: 1-tor Nukus ko‘chasida;
- Tong Yulduzi mahallasi: Mehrjon, Qo‘shko‘prik ko‘chalarida va Inoqobod ko‘chasi tor ko‘chalari bilan;

- Ruhiy kasalliklar shifoxonasi;
- 4-sonli tug‘ruqxona;
- Harbiy prokratura;

- Qon quyish laboratoriyasi;
- Bolalar ruxiy kasalliklari sanatoriyasi;
- Teri kasalliklari shifoxonasi.

Yashnobod tumani bo‘yicha:
- Cho‘lpon mahallasi: 9 qavatli uylar 2 dona, 4 qavatli uylar 11 dona;
- Jo‘rabek mahallasi: Farg‘ona yo‘li ko‘chasi 23;

- Ma’rifat mahallasi: Boku ko‘chasi tor ko‘chalari bilan, Qashqadaryo ko‘chasi tor ko‘chalari bilan, Osh, Sulton Sanjar, Mirg‘ob, Ma’ruf, Farg‘ona yo‘li ko‘chalari;
- Shironobod mahallasi: Osh ko‘chasi tor ko‘chalari bilan, Ma’ruf ko‘chasi tor ko‘chalari bilan, Suv bo‘yi, Axsikat ko‘chalari.

“Suvsoz” DUK korxonasi keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘rashini hamda zarur hollarda ichimlik suvi joylarga maxsus avtomashinalarda (vodovozlar) etkazib berilishini ma’lum qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda sovuq suv vaqtincha o‘chiriladi