21:03 / 22.08.2017
6 815

Bir vaqtning o‘zida 4 ta OTM talabasi bo‘lish mumkinmi?

Bir vaqtning o‘zida 4 ta OTM talabasi bo‘lish mumkinmi?
Saodat Sadirbaeva joriy yilda Toshkentdagi Turin, Vestminster, INXA univesitetlari va TATUga o‘qishga kirdi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston axborot agentligi xabar berdi.

Saodat Sadirbaeva QDU qoshidagi 3-sonli akademik liseyning matematika-ingliz tili yo‘nalishini tugatgan.

U o‘qishga kirish maqsadida bu yil Turin politexnika universitetining Toshkent filiali, Toshkentdagi Vestminster universiteti, Toshkent INXA universiteti va Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga hujjat topshirgan edi. Imtihon javoblari e’lon qilingach, Saodatning ushbu oliy o‘quv yurtlarining barchasiga qabul qilingani ma’lum bo‘ldi.

Barchasini taroziga qo‘yib, biroz mulohaza qilib olgach, u INXA univesitetida bilim olishga qaror qilganligini ma’lum qildi.


Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bir vaqtning o‘zida 4 ta OTM talabasi bo‘lish mumkinmi?