12:30 / 23.08.2017
7 403

Davlat telekanallarida jonli efir to‘xtatiladimi?

Davlat telekanallarida jonli efir to‘xtatiladimi?
Ijtimoiy tarmoqlarda “O‘zbekiston” telekanalida “Munosabat” ko‘rsatuvining efirga chiqarilmayotgani hamda 23 avgust kuni soat 11:00da Press klubning Xalq ta’limi vazirligi vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tadigan sessiyasi jonli efirda uzatilmasligi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo‘ldi.

Bunga “Munosabat” ko‘rsatuvida deputatlarning hamda Xalqaro press klubda hokimlarning jonli efirda tanqid qilingani sabab bo‘lgan. To‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga chiqmaslik haqida hozircha biror rasmiy xabar berilmagan.

Siyosiy sharhlovchi Quddus A’zam boshlovchiligidagi “Munosabat” ko‘rsatuvi har haftada 4-5 marta jonli efirda uzatilib kelinayotgandi. Biroq hozirda bu ham to‘xtab qolgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, MTRK Media markazida 21 avgust kuni yig‘ilish o‘tkazilgan va ushbu majlisda jonli efirga chiqish masalasi muhokama qilingan.

Avvalroq, “O‘zbekiston” telekanaliga rahbar etib tayinlangan Xayrulla Nuriddinovning MTRK raisi birinchi o‘rinbosarligiga qaytgani hamda “O‘zbekiston 24” telekanali rahbari Ozod Hamidxo‘jaevning lavozimidan ozod qilingani haqida xabar bergan edik.


Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Davlat telekanallarida jonli efir to‘xtatiladimi?