Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, san’at va me’morchilik sohasidagi davlat mukofotlarini berish to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni
1. O‘zbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, san’at va me’morchilik sohasidagi Davlat mukofotlarini ta’sis etish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 25 iyulda qabul qilingan PF-3781-sonli Farmoni va O‘zbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, san’at va me’morchilik sohasidagi Davlat mukofotlari kengashining 2017 yilgi Davlat mukofotlari bo‘yicha taklifiga binoan mamlakatimiz ilm-fani, adabiyoti va san’atini rivojlantirishga qo‘shgan salmoqli hissasi, jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnik va ma’naviy-ma’rifiy hayotida alohida e’tiborga sazovor bo‘lgan, xalqaro miqyosda e’tirof etilgan fundamental tadqiqotlari, zamon talablariga javob beradigan yuksak, mazmunan dolzarb ijodiy ishlari uchun.
Birinchi darajali davlat mukofotlari quyidagilarga berilsin:
fan va texnika sohasida (fan va texnika sohasida ko‘zda tutilgan 1 ta birinchi darajali Davlat mukofoti o‘rniga 2017 yil uchun istisno tariqasida 2 ta birinchi darajali mukofot berilishi belgilansin):
Ayupov Shavkat Abdullaevich, Kudaybergenov Karimbergen Kadirbergenovich, Omirov Baxrom Abdazovich, Roziqov O‘tkir Abdulloyevichga - “Noassosiativ algebralar, differensiallash va nochiziqli dinamik sistemalar nazariyalarini rivojlantirish” fundamental tadqiqoti uchun;
- Inoyatova Flora Ilyasovna, Axmedova Dilorom Ilxamovna, Amonov Shavkat Ergashevichga - “Og‘ir eshitish zaifligi va karligi bo‘lgan bolalarning reabilitasiyasi” amaliy tadqiqoti uchun;
adabiyot sohasi bo‘yicha:
- Qodirov Pirimqulga (marhum) - “Amir Temur siymosi” va “Til va el” asarlari uchun;
san’at va me’morchilik soxasi bo‘yicha:
- Matyakubov Otanazarga - o‘zbek klassik musiqasining tarixi, nazariy asoslari va zamonaviy jarayonlarga ta’siri haqidagi tadqiqotlar turkumi. “Maqomot”, “Buxoro Shashmaqomiga yana bir nazar”, “Xorazm nota yozuvining tarixi va tamoyillari”, “O‘zbek klassik musiqasi asarlari” (ikki tomli, o‘zbek va rus tillarida) kabi musiqashunoslikka oid asarlar majmuasi uchun;
Ikkinchi darajali davlat mukofotlari kuyidagilarga berilsin:
fan va texnika sohasida:
Tillyashayxov Mirzagaleb Nigmatovich, Parpieva Nargiza Nusratovna, Beloserkoves Vera Georgievnaga - “O‘zbekiston Respublikasida aholiga ko‘rsatiladigan silga qarshi xizmatni takomillashtirishning fundamental asosini yaratish” amaliy tadqiqoti uchun;
adabiyot sohasi bo‘yicha:
Saidov Sirojiddin Salohovich (Sirojiddin Sayyid)ga - “Ochil, ey gul, ki bo‘ston vaqti bo‘ldi” kitobi uchun;
san’at va me’morchilik sohasi bo‘yicha:
- Shayakubov Shaxalil Karimovichga - “Zamonaviy O‘zbekiston miniatyurasi” (o‘zbek, rus va ingliz tillarida) kitob-albomi uchun.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.Mirziyoyev
2017 yil 23 avgust “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi