23:47 / 24.08.2017
7 905

Qoraqalpog‘istonda kelin-kuyovlar uchun maxsus qoidalar joriy etildi

Qoraqalpog‘istonda kelin-kuyovlar uchun maxsus qoidalar joriy etildi
Qoraqalpog‘istonda kelin-kuyovlar sayri qilishi mumkin bo‘lgan maydonlar aniq belgilab qo‘yildi. Bundan tashqari, to‘y korteji tarkibida bo‘ladigan avtomobillar soni ham qisqartirildi, deb xabar qilmoqda Qoraqalpog‘iston axborot agentligi.

Kelin-kuyovlar endilikda faqatgina "Motamsaro ona", "Mirzo Ulug‘bek", "Ajiniyaz" va "Istiqlol" bolalar dam olish markazida, shuningdek shahardagi FHDYo hududlarida sayr qilishlari mumkinligi belgilab qo‘yildi.

To‘y kortejidagi avtomobillar soni, kelin-kuyov o‘tirgan mashina bilan birga qo‘shib sanaganda 5 tadan oshmasligi lozim.

Nukus shahri hokimi mahallalarda tashqiqot ishlarini olib borish to‘g‘risida qaror e’lon qilgan.

Bundan tashqari, to‘y avtomobillari ishtirokida YTHlar sodir bo‘lishini oldini olish hamda mast holatda avtomobil boshqarilmasligini qat’iy nazorat qilish maqsadida shahar bo‘ylab maxsus reydlar amalga oshirilishi belgilangan.


Manba: Sof.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qoraqalpog‘istonda kelin-kuyovlar uchun maxsus qoidalar joriy etildi