6 836
«Pullarni biz o‘z xohishimiz bilan topshirganmiz»: «Ahmadboy ishi» bo‘yicha navbatdagi sud majlisidan reportaj
24 avgust, payshanba kuni moliyaviy piramida asoschisi Ahmadjon Tursunboyev — «Ahmadboy ishi» bo‘yicha navbatdagi eshituv bo‘lib o‘tdi, deb yozadi «Daryo» nashri.
Jinoiy ishning birinchi qismi bo‘yicha 238 nafar jabrlanuvchining ko‘rsatmalari tinglanadi. Bugungi kungacha 7 ta majlis bo‘lib o‘tdi, ularning har birida 8—12 jabrlanuvchi ko‘rsatma berdi.
Navbatdagi eshituvga Toshkent viloyatidan to‘qqiz jabrlanuvchi taklif qilindi.
Chinoz tumanida yashovchi Rahima I. sudlanuvchilar o‘rindig‘idagi barcha ayblanuvchilarni tanidi. U sudda II guruh nogironi bo‘lgan qizini davolatmoqchi hamda turmushga uzatmoqchi bo‘lganini gapirib berdi. «Odamlar Ahmadboyga ishonish mumkin, deyishgandi», — dedi u. Firma kassirlari Rahima I. ga 7000 dollar qaytarib berishni va’da qilishgan, ammo hech qanday foizlarni olishga u ulgurmagan.
Yangiyo‘llik 54 yoshli Saidahror U. Damas avtomobilini Ahmadboyning firmasiga 11 ming dollarga sotgan va kelajakda foyda olish uchun pulini bergan. To‘rt oy ichida firma unga 4000 dollar miqdorida foizlar to‘lagan. Jabrlanuvchi, shuningdek, firmaga Gentra avtomobilini ham sotgan. Mashinalardan tashqari, u kassaga qo‘shimcha 5000 dollar bergan.
Yangiyo‘llik 60 yoshli Zulfiya X. 2016 yil 27 aprelda Ahmadboyning firmasiga 1800 dollar bergan. Mayda ilk foizlarni olgan (350 dollar). So‘ng u firmaga yana 3 million so‘m kiritgan. Aytishicha, ayolning 2 ming dollarlik qarzi bo‘lgan va jamg‘armasini ikki karra ko‘paytirib, uni to‘lashni istagan.
1957 yilda tug‘ilgan Yangiyo‘l fuqarosi Tolib A. xotini uyni sotishdan tushgan pulni undan so‘ramasdan Ahmadboyga olib borib berganini aytdi, aslida esa ular boshqa uy olmoqchi bo‘lgan. Mablag‘ taxminan 4600 dollar bo‘lgan. Hozir uning xotini Rossiyada, o‘zi esa qizinikida yashashga majbur qolgan.
Yangiyo‘llik Liliya L. 17 may kuni jamg‘armalarini kassaga olib borgan. 4500 dollar puldan firma xodimlari unga har oyda 930 dollardan to‘lab turishni va’da qilgan.
Chinozlik 40 yoshli Olesya V. Ahmadboyning firmasiga 2016 yil dekabrdayoq o‘z pullarini bergan (aniq summasini ayta olmadi), mayda foiz sifatida 2000 dollar olgan. O‘sha payt nogiron onasi bilan qo‘shimcha 5000 dollar kiritgan.
Jabrlanuvchi ayolning ukasi, 24 yoshli Aleksandr V. Ahmadboyning firmasiga 5000 dollar kiritgan. «Odamlar ishonganini ko‘rib, biz ham ishonardik. Bizni hech kim bunga undagani yo‘q. Pullarni biz o‘z xohishimiz bilan topshirganmiz», — dedi u. O‘n oy ichida Aleksandr, firma xodimlari so‘zlariga ko‘ra, 12 500 dollar olishi kerak bo‘lgan. Advokatlardan birining pullarni nima uchun bankka qo‘ymagani haqidagi savoliga u «bank bunday foizlar bermaydi», deya javob qildi.
Toshkentning Mirobod tumanida yashovchi Ahmadjon R. Tursunboyevning firmasiga 3000 dollar kiritgan. O‘n oydan keyin unga pulini ikki baravar qilib qaytarishni va’da qilishgan.
Chinozlik yakka tadbirkor U. 13 iyunda firmaga 3000 dollar va milliy valyutada yana taxminan 600 dollar bergan. U, shuningdek, Tursunboyevning korxonasiga mashinasini sotgan.
Navbatdagi sud majlisi 4 sentyabrga belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, Ahmadboyga qarshi Jinoyat kodeksining to‘rt moddasi bo‘yicha ayblovlar ilgari surildi: 177-moddaning (valyuta qimmatliklarining noqonuniy xarid qilinishi yoki sotilishi) «a», «b» bandlari, 188-modda (Davlat ro‘yxatidan o‘tmay tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib, o‘ta yirik miqdorda nazoratsiz daromad olish), 189-modda (Savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish), 190-moddaning (Litsenziyasiz faoliyat bilan shug‘ullanish) «a», «v» bandlari. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...