
25 avgust kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida, «Krasniy treugolnik»tashlandiq zavodi hududida O‘zbekistonning uch nafar fuqarosiga hujum uyushtirildi. Bu haqda «1news»ga tayanib «Daryo» xabar bermoqda.
Aytilishicha, noma’lum shaxslar o‘zbekistonliklarga pichoq bilan hujum qilgan, so‘ng jinoyat joyidan yashiringan.
Jabrlanganlar shifoxonaga yotqizilgan. Ulardan biri bo‘ynidan yaralangan bo‘lib, og‘ir ahvolda. U 22 yoshda. Qolgan ikki jabrlanuvchining yoshi 21 va 24 da. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar