Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi
1 daqiqa o'qish7.1K

Majmua qoshida ochilishi mo‘ljallanayotgan Xalqaro ilmiy markaz qurilishi bilan tanishdi. Ushbu markaz Imom Buxoriy va boshqa mutafakkir allomalarimizning mamlakatimiz va xorijiy davlatlardagi bebaho ilmiy-ma’naviy merosini to‘plash, o‘rganish ularni xalqimiz va jahon jamoatchiligiga yetkazish bilan shug‘ullanadi. Mamlakatimiz rahbari bu yerda yoshlarga islom dini tarixi, ta’limoti eng mukammal o‘quv reja va dasturlar asosida o‘qitilishi zarurligi, bu markaz jahonda ajdodlarimizga munosib ravishda o‘z o‘rniga ega bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.
Prezidentga majmua atrofida joylashgan savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shaxobchalarini rekonstruksiya qilish, yo‘l bo‘yida yangi turar-joylar bunyod etish, ziyoratchilar uchun qo‘shimcha qulaylik yaratish, obodonlashtirish borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi. Shavkat Mirziyoyev amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlar loyihalarini takomillashtirish, hudud infratuzilmasini yanada rivojlantirish bo‘yicha quruvchi va mutasaddilarga zarur ko‘rsatmalar berdi.

- #Xalqaro Ilmiy Markaz
- #Imom Buxoriy
- #Mamlakatimiz Rahbari
- #Yoshlarga Islom
- #Ta’limoti Mukammal
- #Savdo Va Maishiy
- #Obodonlashtirish Ishlari
- #Rivojlantirish Bo‘yicha
- #Quruvchi Va Mutasaddilar
Maqola sizga yoqdimi?
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

Izohlar0
…