14:31 / 28.08.2017
6 265

Estafeta davom etadi. Navbatdagi «tasodif» Milliy universitetda

Estafeta davom etadi. Navbatdagi «tasodif» Milliy universitetda
Bloger va yurist Xushnud Xudayberdiyevning Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida yangi o‘quv yili uchun qabul imtihonlari natijalaridagi ishonarsiz raqamlar haqidagi maqolasidan keyin unga O‘zbekiston Milliy universitetda ham shubhali holat kuzatilgani haqida ma’lum qilishdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Milliy universitetning Sotsiologiya yo‘nalishida «tanlanganlar» o‘qishga kirgan. Bu yo‘nalishda ham o‘qishga kirgan abituriyentlar to‘plagan ballar bilan o‘qishga kira olmagan abituriyentlar to‘plagan ballar o‘rtasida keskin tafovutni ko‘rish mumkin, deb yozadi Kun.uz nashri.

«Yana o‘sha tanish holat. Tasodifan bitta auditoriyaga bir nechta aqllilar yig‘ilib qolishibdi. Keling, batafsil ko‘rib chiqamiz.

Sotsiologiya yo‘nalishiga 15 kishi qabul qilindi (4 ta grant, 11 ta kontrakt). Jami 148 kishi hujjat topshirgan.

Endi ballarga qarang. Agar oxirgi o‘rinda kirgan «adashgan»ni hisobga olmasak (109,9 ball), kirish balli 148,8 bo‘lgan. Kira olmaganlar orasida 1-o‘rinda turgan abituriyent esa 100,5 ball olgan. Farq salkam 50 ball.

Endi kirgan 15 nafar talabaning javoblar varaqasi nomerini tahlil qilamiz.

Ularning 11 nafari 767 06 73 nomerdan boshlanib, ...74, ...75, ...76, ...77, ...78, ...79, ...80, ...81, ...82, ...83 bo‘lib tugagan. Barcha 11 nafar abituriyent raqami ketma-ket! Bironta xatolik yo‘q!

Qolgan 4ta begona raqam ham bir-biridan uzoq emas. 726 67 23, ...24, ...26 va ...10.

Qarang, raqamlarga eng uzoq bo‘lgan ...10 raqamli abituriyent eng oxirgi o‘rinda kirgan va 109,9 ball olgan. Qolgan ketma-ket va bir-biriga yaqin bo‘lgan 14 nafar abituriyentning hammasi keskin farq qiladigan ravishda baland ball - 148dan 186 ballgacha to‘plagan.

Demak, O‘zMUning Sotsiologiya yo‘nalishiga ham tasodifan 14 nafar yuqori bilim sohiblari va 134 nafar bilimi 100 balldan oshmaydiganlar topshiribdi.

Bu yerda «yopiq fakultet» haqida gap-so‘z bo‘lishi mumkin emas. Chunki O‘zMUda bunday qilishmaydi, hech qachon eshitmaganman. Bu yerda bittagina taxmin bo‘lishi mumkin, ya’ni qaysidir auditoriyada nazorat o‘ta sust, qolganlarida esa dahshatli darajada qattiqqo‘llik evaziga ham shunday yirik tafovut yuzaga kelishi mumkin.

Yana ham kim bilsin. Balki bularning barchasi shunchaki tasodifdir. Shunchaki tasodif...», deya yozadi Xudayberdiyev.

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetidagi sirlar ochilmoqda (Foto)

Bundan avvalroq Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida «rektorskaya gruppa» ishlagan bo‘lishi mumkinligi haqidagi material e’lon qilingandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Estafeta davom etadi. Navbatdagi «tasodif» Milliy universitetda