Shavkat Mirziyoyev keyingi hafta Qirg‘iziston Respublikasiga tashrif buyuradi

Shavkat Mirziyoyev keyingi hafta Qirg‘iziston Respublikasiga tashrif buyuradi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev keyingi hafta Qirg‘iziston Respublikasiga tashrif buyurishi kutilmoqda. Bu haqda uzbekistan24.uz nashri xabar bermoqda.

Bu haqda Qirg‘iziston rahbari O‘sh viloyatining Uzgan tumaniga tashrifi chog‘ida ma’lum qilgan. Almazbek Atambayevning aytishicha, uning O‘zbekiston rahbari bilan munosabatlari yaxshi.

“Ikki hafta oldin Qirg‘iziston va O‘zbekiston Bosh vazirlari uchrashgan va chegaralarga oid 84 foiz masalalarda bir to‘xtamga kelishgan. Bu borada yana hal etiladigan masalalar bor”, — dedi Atambayev.

U, shuningdek, o‘z so‘zida O‘zbekiston Bosh vazirining mamlakatimizga so‘nggi 26 yil davomidagi birinchi tashrifi bo‘lganini ham ta’kidlagan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar