
BMT Bosh Assambleyaning umumsiyosiy munozaralari joriy yilning 19 sentyabrida bosh kotibi Antonio Guterish hamda BA 72-sessiyasining raisi Miroslav Laychak ishtirokida ochiladi.
Assambleyaning ilk kunida AQSh prezidenti Donald Tramp, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, shuningdek, Armaniston, Boliviya, Afg‘oniston, Braziliya, Isroil, Polsha, Fransiya va boshqa davlatlarning rahbarlari ishtiroki kutilmoqda, deb xabar berdi 1news.uz.
Bosh Assambleyaning bahslari 25 sentyabrgacha davom etadi. Uchrashuvlarning so‘nggi kunida KXDR va Suriya tashqi ishlar vazirlarining ham chiqishlari rejalashtirilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar