00:35 / 31.08.2017
10 226

Ipoteka kreditiga poytaxtdagi yangi qurilgan uylardan sotib olganlarga Toshkent propiskasi beriladi

Ipoteka kreditiga poytaxtdagi yangi qurilgan uylardan sotib olganlarga Toshkent propiskasi beriladi
Adliya vazirining 2017 yil 22 avgustdagi buyrug‘iga muvofiq "Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida"gi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda «Norma.uz»ga tayanib «Uz24» sayti xabar berdi.

Belgilanganidek, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskaga ega bo‘lmagan jismoniy shaxs Toshkent shahri va Toshkent viloyatida faqat yangi qurilgan ko‘chmas mulkni sotib olish huquqiga ega va buning shartlari quyidagicha:

respublikaning boshqa mintaqalarida doimiy propiskaga ega bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan qiymati eng kam oylik ish haqining 2500 baravaridan kam bo‘lmagan yangi qurilgan ko‘chmas mol-mulkni hisob-kitobni bank hisobvaraqlari orqali amalga oshirgan holda sotib olganda;

yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan shartnoma tuzilgan sanadagi O‘zbekiston Markaziy banki kursi bo‘yicha qiymati 150 ming AQSh dollaridan kam bo‘lmagan yangi qurilgan ko‘chmas mol-mulkni hisob-kitobni bank hisobvaraqlari orqali O‘zbekiston milliy valyutasida sotib olganda amalga oshiriladi.

Bunda yangi qurilgan ko‘chmas mol-mulk deganda mulk huquqi tuman (shahar) hokimining qurilishi tugallangan binoni, inshootni, turar joyni foydalanishga qabul qilish to‘g‘risidagi komissiya dalolatnomasini tasdiqlash haqidagi qarori qabul qilingan paytdan e’tiboran uch yil o‘tmagan mol-mulk tushuniladi.

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskaga ega bo‘lmagan jismoniy shaxs tomonidan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida joylashgan yangi qurilgan ko‘chmas mulkni sotib olish bitimlarini tasdiqlashda, quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

respublikaning boshqa mintaqalarida doimiy propiskaga ega bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan qiymati eng kam oylik ish haqining 2500 baravaridan kam bo‘lmagan ko‘chmas mulk uchun pul mablag‘larini sotuvchining bank hisobvarag‘iga o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjat, agar ushbu ko‘chmas mulk bank krediti hisobiga sotib olinganda kredit shartnomasi, bundan ko‘chmas mulk to‘lov majburiyati kechiktirilgan holda sotib olingan hollar mustasno;

yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan qiymati shartnoma tuzilgan sanadagi O‘zbekiston Markaziy banki kursi bo‘yicha 150 ming AQSh dollaridan kam bo‘lmagan ko‘chmas mulk uchun xorijiy valyutani O‘zbekistonning vakolatli bankiga sotganligi haqidagi hamda ushbu xorijiy valyutani sotish orqali olingan milliy valyutadagi pul mablag‘lari sotuvchining bank hisobvarag‘iga o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlar.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ipoteka kreditiga poytaxtdagi yangi qurilgan uylardan sotib olganlarga Toshkent propiskasi beriladi