10:02 / 02.09.2017
7 219

Farg‘onada niqobli jinoiy guruh ushlandi

Farg‘onada niqobli jinoiy guruh ushlandi
Shu yilning 29 avgust kuni tunda, soat to‘rt yarimlar atrofida Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa tumanida uch nafar noma’lum shaxslar yuzlariga niqob kiygan va pichoq bilan qurollangan holda, Yangiariq mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi xonadonlarning biriga devor orqali oshib tushib, xonadon egasi G‘.Yu. va uning turmush o‘rtog‘i S.Yu.lar uxlab yotgan xonaga bostirib kiradilar. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV matbuot xizmati xabar qildi.

Uy egalari uyg‘onib qolganlarida, G‘.Yu.ni yuziga urib, tan jarohati yetkazadilar. S.Yu.ni va ushbu xonadonda birga yashovchi qizi M.Yu.ni qo‘l-oyoqlarini o‘zlari bilan olib kelgan arqon bilan bog‘lab, xonadagi sandiq ichidan 10 mln. so‘m pul va 1,5 ming so‘mlik turli zargarlik buyumlarini olib ketadilar.

Ko‘rilgan choralar natijasida, ushbu jinoyatni Yozyovon tumanida yashovchi 1994 yilda tug‘ilgan V.Q., Marg‘ilon shahrida yashovchi 1985 yilda tug‘ilgan H.Yu. va Farg‘ona shahrida yashovchi 1996 yilda tug‘ilgan R.T.lar sodir etganliklari aniqlanib, jinoiy guruhning barcha a’zolari qo‘lga olindilar. Hattoki, ushbu jinoiy guruhning a’zolaridan biri ayol kishi bo‘lgan.

Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi, ya’ni bosqinchilik jinoyati alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirgi kunda tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘onada niqobli jinoiy guruh ushlandi