00:11 / 03.09.2017
9 417

Samarqandda Islom Karimov haykali ochildi

Samarqandda Islom Karimov haykali ochildi
2 sentyabr kuni Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovga o‘rnatilgan haykalning ochilish marosimi o‘tkazildi.

Birinchi Prezidentga haykal Registon maydoni yaqinidagi sobiq Yo‘lbarslar xiyoboni hududida, Islom Karimov tug‘ilib o‘sgan xonadon yaqinida o‘rnatilgan. Haykalni Shavkat Mirziyoyev va Tatyana Karimova ochib berishdi va haykal poyiga gullar qo‘yildi.

Qayd etishlaricha, haykalning balandligi 5,8 metrga, tagkursisining balandligi esa 5,5 metrga teng.

Ayni vaqtda xiyobon shahar aholisi va boshqa mehmonlar uchun ochiq.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda Islom Karimov haykali ochildi