O‘zbekistondagi uyali aloqa operatorlari va internet-provayderlar 5 sentyabrdan o‘z xizmatlarini so‘mda narxlashga o‘tadi. Narxlar dollarning so‘mga nisbatan eski kursi bo‘yicha o‘rnatiladi. Bu haqda telekommunikatsiya kompaniyalaridagi axborot manbalari xabar qildi, deb yozadi Gazeta.uz
Yangicha tarifikatsiyaga o‘tish Prezidentning 2 sentyabrdagi «Valyuta siyosatini erkinlashtirish bo‘yicha dastlabki choralar to‘g‘risida»gi Farmoni e’lon qilinishi bilan asoslanmoqda. Ushbu farmonga ko‘ra, O‘zbekistonda tovarlar, ishlash va xizmatlar uchun narx va tariflar faqatgina milliy valyutada belgilanishi qayd etilgan edi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida 4 sentyabr kuni operator va provayderlar ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda AQSh dollarida ko‘rsatilgan tariflarni hisoblashda Markaziy bank tomonidan 29 avgustda bir dollar uchun 4210,35 so‘m etib belgilangan dollarning so‘mga nisbatan kursi asos qilib olinadi.
Mavjud ma’lumotlarga qaraganda, xuddi shunday qaror narx va tariflar dollarda belgilangan barcha kompaniyalar, jumladan «O‘zbekiston havo yo‘llari» va General Motors Uzbekistan QK tomonidan ham qabul qilinishi lozim.
Bu narxlarning keskin oshib ketmasligi va valyuta siyosatini erkinlashtirish oqibatlarini yengillashtirish maqsadida amalga oshirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi