O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bishkekka jo‘nab ketgani haqida xabar bergan edik. 5 sentyabr kuni Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Bishkekning “Manas” aeroportiga yetib keldi. Bu haqda Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti sayti xabar bermoqda.
Bishkekdagi “Manas” aeroportida Shavkat Mirziyoyevni tantanali kutib olish marosimi o‘tkazildi. Marosimda ikki davlat madhiyalari jarang sochdi.
Davlat tashrifi davomida Shavkat Mirziyoyev Almazbek Atamboyev bilan qator masalalar bo‘yicha muhokamalar o‘tkazishi belgilangan. Muhokamalar yakuni bo‘yicha ikki davlat rahbarlari ikki tomonlama hujjatlar imzolash marosimida ishtirok etadilar va matbuot uchun chiqish qiladilar.
E’tiborli jahati shundaki, Prezident Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonga turmush o‘rtog‘i Ziroat Hoshimova bilan bordi. Bundan avval, Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboyev ham O‘zbekistonga tashrif buyurganida unga turmush o‘rtog‘i xamroxlik qilgan edi.
Manba: Qalampir.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi