So‘nggi vaqtlarda Toshkent shahrida o‘zga kimsani qasddan kaltaklash holatlari haqida tez-tez quloqqa chalinyapti. Afsuski, bu harakatga qarshi choralar ko‘rilayotgan bo‘lsa-da, bu holatlar kamaymayapti.
Shu yilning 1 sentyabr kuni kechasi taxminan soat 23:00 larda Chilonzor tumani, Cho‘ponona ko‘chasida joylashgan 11-uyning yonida fuqaro Karimjon Qobiljonovni noma’lum kimsalar kaltaklab, unga tan jarohati yetkazishgan.
Natijada Karimjon Qobiljonov Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markaziga olib ketilgan.
Yuz bergan voqea yuzasidan Chilonzor tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b” bandi, ya’ni bezorilik, bir guruh shaxslar tomonidan jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik, urish-do‘pposlash aybi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.
Aniqlanishicha, Karimjon Qobiljonovni 1 sentyabr kuni Kamron Xismatov, Anvar Ixtiyorov, Davron Abdullayev va Kamron Abduqahhorov kaltaklagan.
Ayni paytda mazkur holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
(Jabrlanuvchining anketa ma’lumotlari o‘zgartirilgan)
Manba: Qalampir.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi