22:44 / 07.09.2017
6 725

Markaziy Bank xalqaro kartalar yuzasidan tushuntirish berdi

Markaziy Bank xalqaro kartalar yuzasidan tushuntirish berdi
Valyutani sotish muammo bo‘lmayotganini aholining valyuta ayirboshlash shoxobchalaridagi navbatidan ko‘rish mumkin.

Biroq aholi tomonidan valyuta sotib olish masalasi qanday kechmoqda?

Ushbu masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki izoh berdi.

Jismoniy shaxslar tomonidan xorijiy valyutaning xarid qilinishi:

Jismoniy shaxslar xorijiy valyutani tijorat banklarining konversion bo‘limidan naqdsiz shaklda, xalqaro to‘lov kartalariga (konversion plastik kartalar) o‘tkazish orqali sotib olishlari mumkin.

To‘lovlar milliy valyutada ham naqd, ham naqdsiz shaklda — bank to‘lov kartalari orqali amalga oshirilishi mumkin.

Xalqaro to‘lov kartalarini ochish va foydalarnish bo‘yicha harakatlar:

Kartani ochish uchun — 75 mingdan 100 ming so‘mgacha (bir marta to‘lanadi) to‘lov amalga oshiriladi;

Karta orqali savdo qilinganda olinadigan komission to‘lov — o‘tkazmaning 0,5 foizdan 1 foizgacha;

Xorijdagi bankomatlardan xorij valyutasini naqdlashtirganda — operatsiya miqdorining 1 foizi ushlab qolinadi.

Xalqaro to‘lov tizimlari operatorlarining (VISA, MasterCard va boshqalar) talabi bo‘yicha yechilmaydigan qoldiq miqdori 35 dan 100 dollargacha bo‘lib, ushbu summa hisob yopilganidan keyin mijozga qaytariladi.

Ushbu qoldiq summa bank tomonidan oshiqcha chiqimlar amalga oshirilganda ishlatilishi mumkin. Oshiqcha chiqim valyuta kursining o‘zgarishi yoki xorijiy bankning komission to‘lovi bo‘lgan vaqtda yuzaga kelishi mumkin.

Xalqaro to‘lov kartasidan foydalanish

Hozirgi kunda xalqaro to‘lov kartalari faqat xorijda ishlatilishi mumkin. Ular yordamida bankomatlardan valyuta naqdlashtirish, do‘konlar, mehmonxonalar va boshqa joylarda to‘lovni amalga oshirish mumkin.

Kartalar dunyoning barcha mamlakatlarida cheklovlarsiz ishlatiladi, xorijiy valyutani naqdlashtirish bo‘yicha cheklov o‘rnatilmagan.

Bunda xorijiy banklar bankomatlardan naqd pul yechib olishda ma’lum cheklov o‘rnatganini hisobga olish zarur.

Bundan tashqari, kartadagi valyuta O‘zbekistonda bankning o‘zida davolanish va o‘qish uchun to‘lovni kerakli hujjatlar taqdim etilganida amalga oshirilishi mumkin (invoyslar).

O‘zbekiston hududida xalqaro to‘lov kartasidagi mablag‘ milliy valyutada o‘sha kundagi kurs bo‘yicha yechib olinishi mumkin.

Xorijiy valyutada hisobi to‘ldirilgan xalqaro to‘lov kartalari mamlakatda cheklovlarsiz foydalanilishiga ruxsat beriladi. Kartadagi mablag‘ foydalanuvchining istagiga asosan milliy valyutada yoki xorijiy valyutada bankomatlar orqali yoki banklarda yechib olinishi mumkin.

Ushbu kartalar xorijda va O‘zbekiston hududida talab qilingan terminallar o‘rnatilgan do‘kon, mehmonxona yoki boshqa joylarda hech bir cheklovlarsiz qabul qilinadi.

Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Markaziy Bank xalqaro kartalar yuzasidan tushuntirish berdi