18:31 / 10.09.2017
4 367

Fransiyadagi vokzalda to‘rt kishi otib ketildi

Fransiyadagi vokzalda to‘rt kishi otib ketildi
Fransiya shimolida noma’lum kimsalar to‘rt kishi, shu jumladan ikki bolaga qarata o‘q uzishdi. Bu haqda «Le Parisien»ga tayanib «Kun.uz» xabar berdi.

Voqea Uaz departamentidagi temir yo‘l stansiyasida ro‘y berdi. Halok bo‘lganlar - o‘sha hududda yashovchi ayol hamda uning 3 va 5 yoshli ikki farzandi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, to‘rtinchi qurbon - oilaning do‘sti.

Hozirga qadar olingan ma’lumotlarga ko‘ra, hujum qilganlar ikki kishi bo‘lgan. Bir kishi qotillikdan keyin o‘z joniga qasd qilgan, boshqasi esa qochib qolgan, unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.

Voqea ro‘y bergan joy o‘rab olingan. Stansiya hududi uzra vertolyot parvoz qilmoqda, perimetr bo‘ylab qurollangan jandarmlar harakatlanmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Fransiyadagi vokzalda to‘rt kishi otib ketildi