
13 sentyabr kuni kechasi ijtimoiy tarmoqlar orqali mudhish YTHlar haqida bir necha noxush xabarlar tarqaldi. Ularda aytilishicha, 14 sentyabrga o‘tar kechasi Mirobod tumani, Oybek metrosi yaqinida, shuningdek, Mirobod dehqon bozori chorrahasida yo‘l-transport hodisalari ro‘y bergan, deb xabar qildi Qalampir.uz nashri.
Shu atrofda yashovchi kishilarning so‘zlariga qaraganda, ko‘chani tutun isi qoplagan, avtomobillar to‘qnashuvi oqibatida yong‘in yuzaga kelgan. Voqea joyiga Yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlari yetib kelgan.
Guvohlardan birining aytishicha, YTH sabab bir necha kishi jabrlangan. Ularni qonga belangan holda ko‘rishgan.
Tunda shuningdek, Buyuk Ipak Yo‘li metrosi chorrahasida ham yirik YTH sodir bo‘lgan. Bu yerda ham yong‘in yuzaga kelgan.
Hozircha mazkur hodisalar haqida boshqa ma’lumotlar yo‘q. Rasmiy xabarlar e’lon qilinishi bilan xabar beramiz. Bizni kuzatishda davom eting.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar