
Kecha, 14 sentyabr kuni tonggi vaqtda Bunyodkor ko‘chasining “Oq tulpor” to‘yxonasiga yaqin hududda YTH sodir bo‘ldi.
Toshkent shahar IIBBning xabar berishicha, 21 yoshli qiz Lacetti rusumli avtomobildan harakatlanib, to‘rt nafar shaxsni urib yuborgan.
Tekshiruvlar natijasida aniqlanishicha, mashina egasi hech qanday hujjatlarsiz mashinani boshqarib borayotgan qizning yonida bo‘lgan. Aftidan unga mashina boshqarishni o‘rgatayotgan bo‘lgan... Bu amaliyot noqonuniy ekanligi hech kimni qiziqtirmagan ko‘rinadi. Xullas, Lacetti odam urib yuborganidan so‘ng Nexia avtomobiliga ham borib urilgan.
YTH oqibatida to‘rt nafar yosh yigitlar turli darajadagi tan jarohatini olgan bo‘lib, ularning uchtasi 25 yoshda, to‘rtinchi esa 20 yoshda bo‘lgan, 25 yoshli yigitlardan biri vafot etgan.
Manba: qalampir.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar