Rossiya Federatsiyasining Vladimir viloyatida vaqtincha ishlab, ma’lum muddat yashab kelayotgan O‘zbekiston fuqarosi sodir etgan jinoyat ishi bo‘yicha ish boshlagan sud hukmi e’lon qilindi.
Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasining internet nashri xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, Xursandbek Aliyorov ismli o‘zbekistonlik shaxs 30 yashar ayolni qasddan o‘ldirib, jinoyat izini yarishish maqsadida uning jasadini chemodanga solingan holda yo‘l chetidagi o‘rmon ichkarisiga tashlab ketgan.
O‘tgan yilning 14 iyul sanasida mahalliy kishilardan biri o‘rmon ichkarisidagi ovloq joyda qonga belangan jomadonni topib olishi bilan boshlangan ushbu voqea bo‘yicha tergov ishlari boshlab yuborilgan edi.
Jinoyat qurboni bo‘lgan ayolning 10 yashar bolasi yetim qolganligi, ayolning o‘zi yaxshi oilaning, ya’ni mehnat faxriylari bo‘lgan ota-onaning farzandi ekanligi aytilmoqda.
Voqealar “zanjiri” quyidagicha bayon qilingan...
Bir nafar o‘g‘li bo‘lgan rossiyalik ayolning nikohsiz turmush o‘rtog‘i Moskva shahriga ishlash uchun ketib qoladi. Ular orasidagi munosabatlar buzilgach, ayol Vladimir viloyatidagi pishiriqlar sexida 2005 yildan beri ishlab kelayotgan o‘zbekistonlik Xursandbek Aliyorov bilan tanishib qoladi.
Xursandbek Aliyorov ayol bilan “ishqiy munosabatlar” o‘rnatishga harakat qiladi. Ayol esa Moskvada ishlayotgan “sobiq yigiti” bilan telefon orqali janjallashib qolgan paytlarda Xursandbek bilan “munosabatlar”ga izn beradi. Boshqa paytlarda esa “muhojir oshpaz”ning tashriflarini rad etib yurgan.
Shunday kunlarning birida Xursandbek Aliyorov ayolni o‘zining ijaradagi uyiga taklif etadi. Ayol rad etgach, uni sayr qilishga, so‘ng restoranda tamaddi qilishga ko‘ndiradi. Spirtli ichimliklar ta’sirida bo‘lgan “oshiq-ma’shuqlar” Xursandbekning ijara uyiga kelishadi...
Aysh-ishrat davom etayotgan bir paytda ayolning Moskvadagi “sobiq xushtori” qo‘ng‘iroq qiladi va ayol u bilan telefon orqali munosabatlariga “chek qo‘yadi”. Xursandbek ham telefon orqali “raqibi”ni so‘kib, ayol endi uniki ekanligini ta’kidlaydi.
Oradan bir necha soat o‘tgach, aniqrog‘i spirtli ichimliklarning me’yori haddan ziyod oshib ketgach, Xursandbek va uning “ma’shuqasi” o‘rtasida janjal yuzaga keladi.
Konditerlik sexi oshpazi ayolga pichoq bilan 28 marta turli darajadagi tan jarohati yetkazadi. So‘ng mast holatda voqea joyida uxlab qoladi.
Vaqt yarim tundan oqqandan so‘ng uyg‘ongan qotil nima ish qilib qo‘yganini anglab, tezda jinoyat izlarini yo‘qotishga harakat qiladi. Tongda sex boshlig‘idan ishga chiqmaslikka izn so‘rab, yirik yo‘l jomadoni sotib oladi-da, tanishiga go‘yoki “o‘lib qolgan itini” ahlatga olib borishga yordam so‘rab chaqiradi.
Sud majlisida 37 yoshli Xursandbek Aliyorov Rossiya Federatsiyasi qonunlariga binoan aybdor deb topilib, 13 yilga ozodlikdan mahrum etildi.
Shu o‘rinda savol tug‘iladi? O‘zga yurtlarda ishlab yurgan o‘zbekistonlik fuqaroni jinoyatga, qotillikka undagan narsa nima? Ahloqsizlik emasmi? Spirtli ichimliklar ichish kasofati emasmi?
Ayol-chi? Ayol nimaning qurboni bo‘ldi? U ham ahloqsizlik va ishrat qurboniga aylanmadimi?
To‘g‘ri, yuqoridagi voqealar bayoni tergov hujjatlariga asoslangan. Bu yerda boshqa bahona-sabablar, turli vajlar bo‘lishi ehtimoldan xoli emas...
Biroq, nima bo‘lganda ham jinoyat sodir etildi, bir inson o‘zga yurtda panjara ortida, bir ayol ayanchli o‘lim topdi, bir bola yetim qoldi, yana bir nechta insonlarning hayoti qayg‘uga to‘ldi...
Ogoh bo‘ling, vatandosh!
Manba: qalampir.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas