14:04 / 17.09.2017
5 988

Nazarboyev O‘zbekistonga tashrifini yakunlab, Turkmanistonga uchib ketdi

Nazarboyev O‘zbekistonga tashrifini yakunlab, Turkmanistonga uchib ketdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev 16-17 sentyabr kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo‘ldi.

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev bugun Turkmanistonga jo‘nab ketdi. Oliy martabali mehmonni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kuzatib qo‘ydi, deb yozadi Kun nashri.

Avval xabar qilinganidek, tashrifning asosiy tadbirlari 16 sentyabr kuni bo‘lib o‘tdi.

Nursulton Nazarboyev Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Mustaqillik maydoniga tashrif buyurdi. Prezidentlar poytaxtimizdagi Shayx Xovandi Tohur va To‘labiy maqbaralarini ziyorat qildilar. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov haykali poyiga gul qo‘ydilar. «O‘zekspomarkaz»da tashkil etilgan Qozog‘iston milliy mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan tanishdilar.

Ko‘ksaroy qarorgohida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish, transport-kommunikatsiya, energetika, qishloq xo‘jaligi, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi aloqalarni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar yakunlari bo‘yicha turli sohalarga doir 10 dan ziyod hujjat imzolandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Nazarboyev O‘zbekistonga tashrifini yakunlab, Turkmanistonga uchib ketdi