Ohangaron tumani hududida to‘rt kishining o‘limiga sabab bo‘lgan yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent viloyati prokuraturasi ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, Guliston – Angren avtomobil yo‘lining 159 kilometrida Nexia avtomashinasi yuk mashinasi bilan to‘qnashgan, oqibatda yengil avtomashina haydovchisi va uch nafar yo‘lovchisi voqea joyida halok bo‘lgan.
Voqea joyida favqulodda xizmatlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar ishladi.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati va ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Joriy yilning o‘tgan davrida Toshkent viloyati hududida 900 dan ziyod yo‘l transport hodisalari sodir etilib, ularning natijasida yuzlab insonlar turli og‘irlik darajasidagi tan jarohatlari olishgan, o‘nlab insonlar halok bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Ilon Mask Eron elchisi bilan yashirincha uchrashdi