Toshkent tumani Keles shahrida qasddan odam o‘ldirish jinoyati sodir qilindi.
Xususan, 17 sentyabr kuni tungi vaqtda tumanda yashovchi Zeblin Andrey Sergeyevich (1999 y.t.) tumandagi uylardan biriga deraza orqali kirib, pichoq bilan qurollangan holda mazkur uyda yashovchi uxlab yotgan fuqarolarga hujum qilgan.
Yetkazilgan ko‘plab jarohatlar natijasida 1988 y.t. ayol kishi halok bo‘lgan. Uning turmush o‘rtog‘i (1987 y.t.) jinoyat vaqtida uyg‘onib, tajovuzkorni to‘xtatmoqchi bo‘lgan, biroq u ham og‘ir tan jarohatlari olgan (shifoxonaga joylashtirilgan).
Olib borilgan tezkor-tergov harakatlari natijasida A.Zeblin ushlandi.
Hozirgi vaqtda jinoyatning sabablari aniqlanmoqda.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasdddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Qatarga qarshi qilish kerak bo‘lgan ishni qilmadik!