
Andijon viloyatidagi Kun.uz manbalari bergan xabarga ko‘ra, Andijon shahridagi maktabda farrosh bo‘lib ishlovchi rafiqasining o‘rniga paxta terimiga chiqqan 58 yoshli Muzaffar Umrzaqov dalada yurak xurujidan vafot etgan.
Ma’lum bo‘lishicha, marhum Muzaffar Umrzoqovning rafiqasi Andijon shahridagi 8-umumiy ta’lim maktabida farrosh vazifasida ishlaydi. Fojia 16 sentyabr kuni Izboskan tumanidagi fermer xo‘jaliklaridan biri dalasida ro‘y bergan. Uning jasadi Andijon shahridagi uyiga tez yordam mashinasida olib borib berilgan.
Ayni vaqtda byudjet tashkilotlarida ishlovchi xodim va xizmatchilarni yoppasiga paxta terimiga jalb etilishi tufayli sog‘ligi yaxshi bo‘lmagan va homilador ayollar o‘z o‘rnilariga ma’lum mablag‘ evaziga odam yollashga yoki terimga o‘z yaqinlarini chiqarishga majbur bo‘lishmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar