21:56 / 20.09.2017
6 668

O‘zbekiston–Qozog‘iston: muntazam qatnaydigan avtobuslar!

O‘zbekiston–Qozog‘iston: muntazam qatnaydigan avtobuslar!
O‘zbekiston va Qozog‘istonning yirik shaharlari o‘rtasida muntazam ravishda avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda “Qalampir.uz” sayti xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ilk marshrutlar shu yilning oxiriga qadar amalga oshiriladi. Yo‘lovchilar uchun “yashil koridor” ta’minlanadi. Ular bojxona nazoratidan navbatsiz o‘tadilar.

Bugungi kunda qozog‘istonlik yo‘lovchilar chegaragacha avtobusda boradilar. Keyin chegarani piyoda bosib o‘tgan holda, yana avtobusga o‘tiradilar.

Bu borada qozog‘istonlik deputatlar 2006 yil 20 martdagi “Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi xalqaro avtomobil qatnovi borasidagi kelishuvni o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi Bayonnomani ratifikatsiya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ma’qullashdi.

Bu qonunning asosiy maqsadi yo‘lovchilar uchun huquqiy asos yaratish va ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishdir.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 24–25 avgust kunlari Qozog‘istonning Ostona shahrida Xalqaro avtomobil logistika masalalari bo‘yicha O‘zbekiston–Qozog‘iston komissiyasining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tgan edi.

Yig‘ilishda tomonlar O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida doimiy yo‘nalishli avtobuslar qatnovini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokara olib borgan edilar.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston–Qozog‘iston: muntazam qatnaydigan avtobuslar!