
Institut talabalarini olib kelgan reys soat 14:50 da Toshkentga yetib keldi. Institutning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Qodir Shovvozov barcha talabalar, jami 2500 ga yaqin odam qaytganini ma’lum qildi. Oldinroq — soat 13:30 da Toshkent davlat agrar universiteti talabalari qaytgan edi. Ular jami 26 vagonni egalladi.
«Gazeta.uz» bilan suhbatda talabalar hatto paxta dalasiga chiqishga ulgurmaganini bildirdi.
«Qaytganimizdan xursandmiz. Prezidentga rahmat», — dedi birinchi kurs talabasi suhbat chog‘ida.
«Endi paxtaga bormaymizmi? Biz hatto unga teginishga ulgurmadik», — qo‘shimcha qildi yana bir talaba.
«Biz davlatga foyda keltirishni xohlagan edik, shuning uchun paxtaga bordik», — ma’lum qildi boshqa talaba.
«Biz 21 sentyabr kuni vatanimiz uchun paxtaga chiqdik. Agar u muhtoj bo‘lsa, har doim yordamga tayyormiz, — dedi talabalardan biri Orifjon Qilichev. —Davlat biz o‘qib, bilim olishimiz kerak deb hisobladi, va biz quvonch bilan qaytdik. Agar yoshlarning yordami kerak bo‘lsa, biz har doim tayyormiz».
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar