10:30 / 24.09.2017
6 395

Taniqli suxandon Shuhrat Rahmatjonov YTHga uchradi

Taniqli suxandon Shuhrat Rahmatjonov YTHga uchradi
22 sentyabrga o‘tar kechasi Toshkent shahrida yirik yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Gap shundaki, “Axborot 24” axborot-tahliliy ko‘rsatuvining boshlovchisi Shuhrat Rahmatjonov mazkur avtohalokatning ishtirokchisiga aylandi, deb yozadi Qalampir nashri.

Shuhrat Rahmatjonovning ma’muri bilan bog‘lanib, voqea yuzasidan ma’lumot oldik. Aniqlanishicha, 22 sentyabr kuniga o‘tar kechasi Shuhrat Rahmatjonov zudlik bilan ishga chaqirilgan. “Axborot 24” dasturining yangi sonini suratga olish ishlarini yakunlab, tungi soat 03:00 da uyiga qaytayotgan Shuhrat Rahmatjonov avtohalokatga uchragan.

Chorrahada o‘rnatilgan svetaforning yashil chirog‘i yonishi bilan harakatni boshlashga tayyorgarlik ko‘rgan Shuhrat Rahmatjonovning avtomobiliga katta tezlikda ikkinchi transport vositasi kelib urilgan.

Shuhrat Rahmatjonovning Malibu rusumli avtomobiliga urilgan Lacetti avtomobili soatiga taxminan 140 km tezlikda harakat qilgan. Bu esa YTH mudhish oqibatlarga olib kelganidan darak beradi.

Og‘ir darajada tan jarohati olgan Shuhrat Rahmatjonov ayni vaqtda 16-shahar shifoxonasida. Uning umurtqa pog‘onasi va qo‘li singan. Shifokorlar unga kamida bir yil yotishi kerakligini va shu vaqtgacha mehnat faoliyatidan uzoqda bo‘lishi kerakligini tayinlashgan.

Shuhrat Rahmatjonovning ma’muri hozircha boshlovchining salomatligi o‘zi bilan bog‘lanishga imkon bermasligini ma’lum qildi.

Shuhrat Rahmatjonovni tezroq sog‘ayib, oilasi davrasiga qaytishini tilab qolamiz.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Taniqli suxandon Shuhrat Rahmatjonov YTHga uchradi