O‘zbekiston xalqaro suveren reytingi olish borasida faol ish olib bormoqda, deb xabar bermoqda Kun npashri. Bunda Citibank (City Group) maslahatchi vazifasini bajarishi mumkin. Xalqaro Press-klubning 27 sentyabrdagi majlisida ishtirok etgan Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorovning fikricha, bu masalani banklar konsorsiumi yordamida hal etish mumkin bo‘ladi.
“Biz suveren reyting olishning ilk bosqichida turibmiz. Citibank maslahatchimiz bo‘ladi. Bu banklar konsorsiumi bo‘ladi. Suveren mustaqil kredit reytingini olish uchun arizani rasmiylashtirish dasturi Prezident tomonidan yaqin orada tasdiqlanadi”, — dedi Qo‘chqorov.
Uning aytishicha, mamlakat hukumati suveren reytingni xorijdan sarmoya jalb qilish vositalaridan biri sifatida baholamoqda.
O‘zbekistonning yirik banklari va kompaniyalari ushbu reyting olinganidan so‘ng, shu kabi reytingni olishlari va bozorda mablag‘larni jalb qilishlari mumkin bo‘ladi. Respublikaning suveren kredit reytingini olishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy sarmoyalar kengayishiga, xorijiy hamkorlar bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda banklar va korxonalarga jahon moliya bozorlarida past foiz stavkalarida kreditlar jalb qilishiga yordam beradi.
Xalqaro Press-klubda ma’lum qilinishicha, Prezident Shavkat Mirziyoyevning AQShga safari va Jahon banki rahbariyati bilan uchrashuvidan keyin Jahon banki O‘zbekistonga ajratadigan kreditlar papkasini 2 barobarga oshirib, 2 mlrd dollardan 4 mlrd dollarga yetkazish masalasini muhokama etmoqda.
Manba: hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"