
Andijonda valyutafurushlardan deyarli 10 ming AQSh dollari miqdoridagi pullar olib qo‘yildi. Bu haqda O‘zbekiston24 xabar bermoqda.
Tergov davomida aniqlanishicha, davlatimiz fuqarosi o‘z ukasi bilan kelishgan holda, 3000 AQSh dollarini bozor kursida sotishga uringan. Shuningdek, boshqa «valyutafurush» 4400 AQSh dollarini sotishga uringan paytida qo‘lga olingan.
Qonunbuzarlar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar