07:03 / 30.09.2017
32 958

Chilim chekish: zarari va oqibatlari nimalarda ko‘rinadi? (Video)

Chilim chekish: zarari va oqibatlari nimalarda ko‘rinadi? (Video)
Keyingi paytlarda tungi bar, kafe va restoranlarda kalyan, ya’ni, chilim chekish urf bo‘lib bormoqda.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga qaraganda, chilim chekish inson salomatligiga putur yetkazishi, uning zarari sigareta chekishdagidan kam emasligi aniqlangan. Chekish paytida ichga tortilgan tutun tarkibida zaharli moddalar bo‘lib, ular o‘pka saratoni, yurak qon-tomir va boshqa bir qancha kasalliklarning paydo bo‘lishiga olib keladi, deb yozadi Uzbekistan24.uz.

O‘rtacha me’yordagi chilim chekilganda siydikdagi nikotin darajasi 73 barobarga, katonin moddasi – 4 barobarga, o‘pka va oshqozon osti bezi saratoni keltirib chiqaruvchi tamaki nikotini – 2 barobarga ko‘tariladi. Bundan tashqari, benzol va akrolenning parchalanishidan hosil bo‘ladigan moddalar saraton va o‘tkir respirator kasalliklarni keltirib chiqaradi.

Bir necha yillar davomida faqat chilim chekib, ko‘p miqdorda tamaki iste’mol qilgan odamlarning saraton kasaliga uchrash darajasi katta. Bir marta kalyan chekish davomida tanaga tushadigan zararli moddalar 60 ta sigareta chekishdagi zararli moddalar miqdoriga teng bo‘lar ekan.

Xo‘sh, chilim o‘zi nima? Uning tarkibida qanday moddalar mavjud? Uning inson salomatligi uchun zararli jihatlari aynan nimalarda ko‘rinadi?

Bu kabi savollarga “Studiyamiz mehmoni” dasturi mehmonlari atroflicha javob beradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Chilim chekish: zarari va oqibatlari nimalarda ko‘rinadi? (Video)