Afsuski, ayrim fuqarolar tomonidan qonun talablariga rioya qilmasdan, Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi xodimlarining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilish holatlari uchramoqda, deb xabar beradi «O‘zbekiston24» telekanali.
Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani «Gulzor» mahallasida istiqomat qiluvchi Faxriddin Tursunovning iste’mol qilgan elektr energiyasidan 7 million so‘mdan ziyod qarzdorligi aniqlanib, byuro xodimlari tomonidan xonadon tarmoqdan uzilayotgan vaqtda Tursunov davlat inspektori Toshmatovni haqoratli so‘zlar bilan nafsoniyatiga tegib, turli tan jarohatlari yetkazgan.
Yana bir holat. Payariq tumanidagi «Chol Mo‘yin» mahallasida yashovchi ota-bola Baxtiyor va Bahrom Qilichovlar savdo do‘konlariga o‘g‘rincha yo‘l bilan elektr simini tortib, noqonuniy foydalanib kelayotganligi majburiy ijro byurosi xodimlari tomonidan fosh qilingach, hujjatlar rasmiylashtirish jarayonida do‘kon egalari tayoq, tosh hamda qo‘l-oyoq bilan MIB xodimlariga tan jarohati yetkazishgan.
Pastdarg‘om tumani «Novchandir» mahallasida ham shunga o‘xshash holat qayd etildi. Byuro xodimlari Soyibjon Jumonovni elektr energiyasidan qarzi borligidan ogohlantirish maqsadida xonadoniga kirganda, uy egasi tomonidan turli uyatsiz so‘zlar bilan xaqoratlangan. Shuningdek, uy egasi byuro xodimining yuz qismiga musht tushirgan.
Ayni vaqtda yuqoridagi holatlar bo‘yicha qonunbuzarlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ma’lumot uchun: Jinoyat kodeksining 219-moddasida xizmat vazifasini bajarayotgan hokimiyat vakilining qonuniy faoliyatiga faol qarshilik ko‘rsatganlik uchun 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etish, 140-moddasida esa haqorat qilgan uchun eng kam oylik ish haqining 600 baravari miqdorida jarima belgilangan.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"