Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatdan o‘tish uchun qing‘ir usullarni qo‘llashga tayyor bo‘lgan hamda ushbu ishni amalga oshirishga ko‘maklashmoqchi bo‘lgan ayrim fuqarolar qo‘lga olindi, deb xabar qiladi Qalampir.uz.
Toshkent shahri Yashnobod tumani Ichki ishlar bo‘limi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi xodimlari tomonidan yo‘l qo‘yilgan fuqarolarni katta miqdordagi mablag‘ evaziga noqonuniy ravishda doimiy ro‘yxatga qo‘yish bilan bog‘liq huquqbuzarlik holati aniqlandi. Bu haqda “Postda” nashri xabar berdi.
Yashnobod IIB MFR bo‘limida yordamchi sifatida ishlagan bir nechta xodimlar o‘nlab fuqarolardan doimiy ro‘yxatga qo‘yish uchun 3000 AQSh dollarigacha bo‘lgan miqdorda pul olgan. Pasport bo‘limining qat’iy hisobida turuvchi muhr va shtamplardan foydalanib, fuqarolarning pasportiga yashirin ravishda muhr va shtamp bosib, doimiy ro‘yxatda turgani haqida soxta ma’lumotlar kiritgan.
Uyushgan guruh a’zolari va ularga pul mablag‘larini bergan shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilgan bo‘lib, jinoyat ishidan yetkazilgan zarar 188 million so‘m deb baholangan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi