12:26 / 04.10.2017
5 409

Rossiyada «qora ro‘yxat»ga tushgan 400 ming o‘zbekistonlikni ro‘yxatdan o‘chirish ustida ish olib borilmoqda

Rossiyada «qora ro‘yxat»ga tushgan 400 ming o‘zbekistonlikni ro‘yxatdan o‘chirish ustida ish olib borilmoqda
Statistika ma’lumotlariga 400 mingga yaqin o‘zbekistonlik muhojir Rossiyadan deportatsiya qilinib, Rossiyaga kira olmaydiganlar "qora ro‘yxati"ga tushganlar.

Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi boshlig‘i o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Xo‘jabahlil Asomov ma’lum qilgan, deydi Kun nashri.

"Agentlik hozirda rossiyalik hamkorlar bilan mehnat muhojirlarini bu qora ro‘yxatdan o‘chirish va ularning Rossiyaga kirishlarining taqiqlanishi muddatini qisqartirish ustida ishlamoqda", deb ta’kidlab o‘tdi Asomov.

Uning fikricha, mehnat muhojirlari deportatsiyasi huquqiy savodsizlik, ya’nikim u yoki bu davlat qonunlarini bilmaslik sababli yuz beradi.

Asomov shu ma’noda, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga apreldagi tashrifi vaqtida Rossiya hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekiston fuqarolarini to‘plash va jalb qilish haqidagi kelishuv imzolanganini eslatib o‘tdi.

Asomov yoshlar press-klubi ishtirokchilari e’tiborini agentlik tomondan ushbu kelishuv negizida bajarilayotgan katta ko‘lamli tadbirlarga qaratdi. Jumladan, yirik rossiyalik ish beruvchilar bilan hamkorlik qilish, moslashuv markazlari, ishchilarni chiqisholdi tayyorgarligi va ularni o‘qitish markazlarining ochilishi haqida so‘zlagan.

Asomovning ma’lum qilishicha, ayni kunda Rossiyada 1,5 mln ga yaqin o‘zbekistonlik mehnat muhojiri bo‘lib, ulardan 60 foizi 30 yoshdan kichik yoshlarni tashkil qiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Rossiyada «qora ro‘yxat»ga tushgan 400 ming o‘zbekistonlikni ro‘yxatdan o‘chirish ustida ish olib borilmoqda