
Joriy yilning 27 sentyabr kuni O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati Toshkent shahar boshqarmasi, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi hamda IIBB xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi, deb xabar bermoqda «O‘zbekiston 24».
Tadbirda 1981 yilda tug‘ilgan Dilmurod Azizov Yakkasaroy tumanidagi 1-notarial idora oldida 12 ming AQSh dollarining har birini 8150 so‘mdan baholab, 97 million 800 ming so‘mga sotayotgan vaqtda qo‘lga olindi.
Hozirda Dilmurod Azizovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 177-moddasiga binoan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar