Qarshi shahridagi “Buyum bozori” oldidan o‘tgan yo‘l chetida qo‘lida taxlam-taxlam pul ushlab o‘tirgan yigitlar o‘tganga ham, qaytganga ham bitta gapni takrorlab turishardi: “Dollar bormi, dollar olamiz!”
Kun nashrining yozishicha, F.Nekboyev (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) va uning sherigi O.Fayziyev ham pul to‘la sumkasini ko‘tarib, hali u odamning, hali bu odamning qarshisiga chiqib, dollar so‘rashdan charchashmasdi. Shu payt ular “hamkasb”lari yonidan umidsiz qaytgan ayolni payqab qolishdi.
- Dollar bormi, opa? – dedi F.Nekboyev ayolga. – Bo‘lsa ayting, boshqalardan qimmatroqqa olamiz. Agar sotib olsangiz, sizga arzonroqqa beramiz.
Ayol qiziqsinib, ularning ko‘nglidagini bilgisi keldi. Bunga javoban O.Fayziyev narxni aytdi.
- Menga ko‘proq kerak edi. 10 ming AQSh dollari. Qanchadan sotasizlar?
- Opa, yigitning so‘zi bitta bo‘ladi. Aytdim-ku, boshqalardan arzonroqqa sotaman, kelishsam bo‘lgani...
Ayol savdoga rozi bo‘ldi. Pul sanalayotgan paytda ish teskari tomonga burilib ketdi. Ular qonunga xilof ravishda valyuta ayirboshlash bilan mashg‘ul bo‘lishayotganda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga tushishdi. Shu kuni ularning yonida 4210 AQSh dollari va 35500 Rossiya rubli borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.
Xuddi shu hududda o‘tkazilgan yana bir tadbirda fuqaro U.Ma’rufov qonunga xilof ravishda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib, jami 15 ming Rossiya rublini sotayotganligi aniqlandi. Uning yonida bo‘lgan 35 ming Rossiya rubli va 5 million 400 ming so‘m pul ham tegishli tartibda hujjatlashtirib olindi.
Qarshi shahridagi G‘uzor ko‘chasida o‘tkazilgan tadbirda ham valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda sotish bilan bog‘liq holatlarga chek qo‘yildi. Tadbir davomida G‘afur G‘ulom nomidagi MFYda yashovchi fuqaro S.To‘rayev va Alisher Navoiy nomidagi MFYda yashovchi fuqaro Z.Jo‘rayev fuqaro S.O‘tkirovadan jami 3000 AQSh dollarini 22 million 740 ming so‘mga sotib olishayotganda jinoyat ustida qo‘lga tushishdi va ushbu pullar tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.
Shuningdek, Z.Jo‘rayevning sumkasida bo‘lgan 26 AQSh dollari va 3 million so‘m pul ham ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi. Ushbu holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, huquqbuzarlar qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Sirdaryoda YTH sodir etgan haydovchidan pul olgan YPX xodimi qamaldi
Revanshda g‘alaba qozonish uchun Tayson Fyuriga nima kerak?