15:13 / 09.10.2017
9 154

2018 yilgi qish mavsumi eng sovuq bo‘lishi qanchalik haqiqat?

2018 yilgi qish mavsumi eng sovuq bo‘lishi qanchalik haqiqat?
So‘nggi paytlarda turli ijtimoiy tarmoqlar va telegram-kanallarda 2018 yilgi qish mavusmining oxirgi yuz yildagi eng sovuq qish bo‘lishi haqida ma’lumotlar tarqaldi. Kun.uz nashri ushbu ma’lumotlar qanchalik haqiqatga yaqin ekanini aniqlash maqsadida O‘zgidrometsentr bilan bog‘landi.

Sinoptiklardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, 2018 yilgi qish mavsumini "eng sovuq qish" deyish uchun hech qanday ilmiy asos yo‘q.

"Xavotirga o‘rin yo‘q, bunday deyish uchun hech qanday ilmiy asos ham yo‘q. Qaysi "bashoratchilar" tarqatadi shunday xabarlarni, hayronman. Umuman olganda, hozirdan qishning qanday kelishini aniq aytib bo‘lmaydi" deya ta’kidladi sinoptik.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 2018 yilgi qish mavsumi eng sovuq bo‘lishi qanchalik haqiqat?