
8 oktyabr kuni Moskva shahrining “Sindika” savdo majmuasida yirik yong‘in ro‘y berdi. Qurilish savdo majmuasida yuzaga kelgan yong‘in bir zumda bir necha o‘n minglab kvadrat metr maydonni qurshab oldi.
Yong‘in oqibatida bir necha kishi jabrlandi. Minglab kishilar evakuatsiya qilindi. Keyinchalik o‘t o‘chiruvchilar tomonidan olov bartaraf etildi.
Umumiy hisobda 55 ming kvadrat metr maydon olov ichida qolgan. Binoning bir qismida tom qulab tushgan, ikki qavatli savdo markazining devori ham vayron bo‘lgan.
Mazkur yong‘in oqibatida bozorda 6 kishi bedarak yo‘qolgan. Ular O‘zbekiston fuqarolari ekanligi aytilmoqda. Bu haqda “Pyatыy kanal” xabar berdi. Ular olov ichida bo‘lgan binoning ichkarisida qolib ketganliklari taxmin qilinmoqda.
Manba: Qalampir.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar