13:00 / 10.10.2017
7 931

Video: MXX va prokuratura valyutafurushni uyida qo‘lga oldi

Video: MXX va prokuratura valyutafurushni uyida qo‘lga oldi
Bosh prokuratura huzuridagi departament va Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida Toshkent shahridagi xonadonlardan birida noqonuniy valyuta oldi-sotdisi bilan shug‘ullanib kelayotgan shaxs qo‘lga olindi.

Fuqaro Baxtiyor Tojiyev o‘zi yashayotgan xonadonda noqonuniy valyuta oldi-sottisi bilan shug‘ullanish uchun maxsus “yama” tashkil etib, mo‘may daromad ortishi maqsadida valyuta mablag‘larini ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan.

Navbatdagi mijozdan 100 AQSh dollarini 807 ming so‘mga sotib olgan vaqtda tezkor xodimlar tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Bundan tashqari, Baxtiyor Tojiyev qonunga hilof ravishda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanishi va xonadonidagi barcha pullar o‘ziga tegishli ekanini tan oldi.

Tadbir davomida ushbu xonadonda noqonuniy muomalaga kiritishga mo‘ljallangan 268 mln 357 ming so‘m, 1100 Yevro va 19 ming 104 AQSh dollari borligi aniqlandi.

Barcha mablag‘larni qo‘shib hisoblaganda jami 424 mln 201 ming 864 so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.

Ushbu ish yuzasidan Bosh prokuratura huzuridagi departament tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surushtiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Video: MXX va prokuratura valyutafurushni uyida qo‘lga oldi