08:54 / 24.10.2017
7 510

Shavkat Mirziyoyev 25—27 oktyabr kunlari Turkiyaga safar qiladi

Shavkat Mirziyoyev 25—27 oktyabr kunlari Turkiyaga safar qiladi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25—27 oktyabr kunlari tashrif bilan Turkiyada bo‘ladi. Turkiya iqtisodiyot vazirligi axborotiga ko‘ra, tashrif Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on taklifiga ko‘ra amalga oshiriladi.

Turkiya Tashqi iqtisodiy aloqalar kengashi axborotiga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga tashrifi doirasida 26 oktyabr kuni Istanbulda O‘zbekiston—Turkiya biznes-forumi o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev oktyabr oyida Turkiyaga safar qilishi 2017 yil avgustida ma’lum bo‘lgan, deb xabar beradi Daryo.uz.
Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on mazkur tashrif ikki mamlakat o‘rtasidagi «bugungi kundagi munosabatlarimizni yangi bosqichga ko‘tarishda muhim ahamiyat kasb etishiga» ishonch bildirgan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev 25—27 oktyabr kunlari Turkiyaga safar qiladi