11:41 / 25.10.2017
6 957

Video: Toshkent yuridik kollejidan yuz bergan “pichoqlashuv” tafsilotlari

Video: Toshkent yuridik kollejidan yuz bergan “pichoqlashuv” tafsilotlari
Shu yil 6 oktyabr kuni Toshkent shahrining Uchtepa tumanida joylashgan Toshkent yuridik kolleji hududida o‘quvchilar o‘rtasida nizo kelib chiqib, oqibatda o‘spirin yigit qurbon bo‘ldi.

3-bosqich o‘quvchilari — 2000 yilda tug‘ilgan Saidkamron Saidvohidov, Asadbek Parpiboyev hamda 1999 yilda tug‘ilgan Rahmatilla Yorqoriyev o‘rtasida kelishmovchilik ishtirok bo‘lishgani haqida xabar bergan edik, deb yozadi Qalampir.uz nashri.

Saidkamron Saidvoxidov pichoq bilan Asadbek Parpiboyev va Rahmatilla Yorqoriyevlarning chap oyoq son qismiga bir martadan urib tan jarohati yetkazdi. Natijada Asabdek Parpiboyev “chap son yuqori uchligiga sanchilib kesilgan jarohati, faol qon ketishi” tashhisi bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bolalar bo‘limiga yotqizilgan va olgan tan jarohati oqibatida shifoxonada vafot etgan.

Rahmatilla Yorqoriyevga “chap son tashqi yuzasi sanchilib kesilgan jarohati” tashhisi bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida ambulator tibbiy yordam ko‘rsatilib, uyiga yuborilgan.

Mazkur holat yuzasidan Saidkamron Saidvohidovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda shu band bilan ayblov e’lon qilingan va qamoqqa olish ehtiyot chorasi ko‘rilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Aslida “xazil” deb atalgan baklajka uloqtirish oqibatida kelib chiqqan kelishmovchilik o‘tkir tig‘li qurol ishtirokidagi jinoyat bilan yakunlandi. Bu haqda quyidagi videoda Saidkamron Saidvohidov va yaralangan Rahmatilla Yorqoriyev batafsil so‘zlab berishgan.

O‘zaro janjal borasida “chetga chiqib” hal qilmoqchi bo‘lgan Saidkamron kutilmaganda Rahmatillaga pichoq tiqadi. Keyin esa o‘zining so‘zlariga ko‘ra, asabi buzilib Asadbekni ham pichoqlab qo‘yadi.

Shu o‘rinda savol tug‘iladi... Saidkamron Saidvohidov pichoqni qayerdan olgan? Ma’lum bo‘lishicha, u o‘zi bilan o‘tkir tig‘li qurolni o‘quv dargohiga olib kelgan. Uning aytishicha, suvenir pichoqni do‘stlariga maqtanish uchun olib kelgan, lekin qurol boshqa maqsadga “xizmat” qildi.

Aniqlanishicha, Saidkamron Saidvohidov, Asadbek Parpiboyev va Rahmatilla Yorqoriyev kollejning ichki ro‘yxatida turishgan va ular qator “tartibsizliklar” ishtirokchilari bo‘lishgan.

Bu voqea haqidagi ma’lumotlar internet olamida tarqatilgach, ayblanuvchi Saidkamron Saidvohidov tarkibida qisman bo‘lsada narkotik moddasi bo‘lgan, dorixonalarda maxsus retsept asosida sotiladigan tabletka ta’sirida bo‘lganligi borasidagi taxminlar ham ilgari surilgan edi. Lekin Saidkamron Saidvohidovning so‘zlariga ko‘ra, u bunday tabletkalardan umuman ichib ko‘rmagan.

Quyidagi videoda voqea tafsilotlari batafsil yoritilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Video: Toshkent yuridik kollejidan yuz bergan “pichoqlashuv” tafsilotlari