09:22 / 27.10.2017
9 387

Shavkat Mirziyoyev: O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida viza bo‘lmasligi kerak

Shavkat Mirziyoyev: O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida viza bo‘lmasligi kerak
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev uning Anqaraga tashrifi arafasida Turkiya fuqarolari uchun soddalashtirilgan viza jarayonlari e’lon qilinganini faqatgina ikki mamlakatning yaqinlashish yo‘lidagi ilk qadam deb atadi.

«Shunday kunlar keladiki, azaliy do‘st va qardosh xalqlarimiz o‘rtasida viza bo‘lmaydi. Biz buni amalga oshirishga albatta harakat qilamiz», — dedi Shavkat Mirziyoyev Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘on bilan muzokaralari yakunlari bo‘yicha jurnalistlar oldida so‘zga chiqar ekan.

«Ko‘zlarimizdan ko‘rinib turibdiki, 20 yillik tanaffusda biz bir-birimizni sog‘inganmiz», — deya qayd etgan Shavkat Mirziyoyev ikki davlat rahbarlari muzokaralar davomida bir-birlarini «yarim so‘zdan emas, balki gapirmasdan, ko‘z bilan tushunishini» ta’kidlab o‘tdi.

Yilning birinchi to‘qqiz oyi ichida ikki davlat o‘rtasidagi mahsulot ayirboshlash hajmi qariyb 30 foizga o‘sganini ta’kidlagan Prezident: «Bu juda kam», — dedi. «Biz katta-katta marralarni ko‘zlashimiz kerak», — deya qo‘shimcha qilib, gap 2−3 mlrd dollar emas (2016 yilda o‘zaro savdo hajmi 1,2 mlrd dollarni tashkil etdi), balki 5−6 mlrd dollar haqida borishi kerakliga e’tibor qaratdi.

Matbuot anjumanida 16 martdan «Turkiya avialiniyasi» Istanbuldan Samarqanda parvozlarni boshlashi ma’lum qilindi. «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi 30 oktyabrdan mazkur yo‘nalish bo‘yicha doimiy reysni ochadi. Anqarada aviatashuvchilar o‘rtasida strategik hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolandi.

Shavkat Mirziyoyev payshanba kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbek-turk bizens-forumida 3,5 mlrd dollarlik 35 ta hujjat imzolanishini ma’lum qildi.

«Turkiya biz uchun xalqaro maydonda ishonchli va muhim sherik va biz buni alohida qadrlaymiz», — dedi O‘zbekiston Prezidenti.

Rejep Tayyip Erdo‘g‘on O‘zbekistonni barcha munosabatlarda strategik mamlakat, Shavkat Mirziyoyev tashrifini esa tarixiy hodisa deb atadi.

U o‘zaro savdo darajasi ikki davlat salohiyatiga mos kelmasligini ham ma’lum qildi.

«Do‘st va qardosh xalq sifatida O‘zbekistonning kuchli mamlakat bo‘lishidan manfaatdormiz», — dedi Turkiya Prezidenti.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev: O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida viza bo‘lmasligi kerak