
Toshkent shahrining Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tumani sudi 30 oktyabr kuni Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji o‘quvchisi Islombek To‘laganovni olti yilga ozodlikdan mahrum etish haqida hukm chiqardi. U 2017 yilning may oyida kollejdoshi Jasurbek Ibrohimovning urganlikda aybdor deb topildi — bu mushtlashuv oqibatida keyinchalik Jasurbek Ibrohimov vafot etgan.
«Yoshlar» telekanalining xabar berishicha, sud hukmi o‘qib eshittirilganidan so‘ng, Islombek To‘laganov O‘zbekiston Prezidenti va xalqidan uzr so‘ragan.
Bu kichkina narsa bunday katta oqibatlarga olib keladi, deb o‘ylamagandim. Prezidentimizdan, xalqimizdan, hamma-hammadan uzr so‘rayman. Tengdoshlarimga aytadiganim — urushib yurmanglar.
Islombek To‘laganov, ayblanuvchi
Islombek To‘laganov, ayblanuvchi
Manba: Daryo.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar