14:48 / 31.10.2017
6 525

57 yoshli ayolning burnidan tish o‘sib chiqdi...

57 yoshli ayolning burnidan tish o‘sib chiqdi...
57 yoshli xitoylik ayol 10 yildan buyon burnidan qon oqishidan aziyat chekadi. Uni tekshiruvdan o‘tkazgan shifokorlar ayolning burun bo‘shlig‘idan tish o‘sib chiqqanligini aniqlashdi. Bu haqda “Daily Mail” nashri xabar bermoqda.

Uzoq yillar davomida (doimiy tarzda) ayolning burnidan qon oqishiga rinit xastaligi sababchi deb hisoblanib yurilavergan. Biroq ayolning og‘iz-burun bo‘yliqlari skaner qilinganida, uning ichida noma’lum dumaloq obyekt borligi aniqlandi. Shifokorlar avvaliga buning nima ekanligini aniq aytisholmagan...

Otolaringologlar chuqurlashtirilgan tekshiruv tahlilini olib borishgach, ayolning burun bo‘shlig‘ida tish o‘sib chiqqanligiga guvoh bo‘lishdi va uni darhol olib tashlashdi. Ayni vaqtda bemor o‘zini yaxshi his qilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 57 yoshli ayolning burnidan tish o‘sib chiqdi...